Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Toshkentda vakolatxonasini ochmoqchi

© East NewsEuropean Bank for Reconstruction and Development
European Bank for Reconstruction and Development - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ilgariroq Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Suma Chakrabarti O‘zbekiston prezidentiga maktub yo‘llab, o‘zaro hamkorlikning mustahkamlanishiga umid bildirgandi

TOShKENT, 3 okt — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining (YeTTB) Markaziy Osiyo va Rossiya bo‘yicha boshqaruvchi direktori Natalya Xanjenkova boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

"Uchrashuvda O‘zbekiston va YeTTB o‘rtasidagi hamkorlik kun tartibi shakllanishini nihoyasiga yetkazish istiqbollari hamda bankning Toshkent shahrida vakolatxonasini ochilishining amaliy jihatlari muhokama qilindi", deyiladi xabarda.

Prezident YeBRR Suma Chakrabarti - Sputnik O‘zbekiston
YeTTB rahbari O‘zbekiston bilan loyihalar qisqa fursatlarda ishga tushishini kutmoqda

Xabarda aytilishicha, YeTTBning O‘zbekiston bo‘yicha 5-yillik Strategiyasi loyihasi ustidagi ishning borishi, shuningdek, Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Xalqaro investitsiya forumi va "Markaziy Osiyo xalqaro transport koridorlari tizimida: strategik istiqbollar va tatbiq etilmagan imkoniyatlar" konferensiyasida bankning ishtirok etishi yuzasidan fikr almashilgan.

Eslatib o‘tamiz, ilgariroq Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Suma Chakrabarti O‘zbekiston prezidentiga maktub yo‘llab, o‘zaro hamkorlikning mustahkamlanishiga umid bildirgandi.
Yangiliklar lentasi
0