Qozog‘iston avtomobil ishlab chiqaruvchilari O‘zbekiston ustidan shikoyat qildi

Obuna bo‘lish
"KazAvtoProm" vakillari iqtisod vaziriga O‘zbekiston bozori Qozog‘istonda ishlab chiqarilgan avtomobillar uchun haligacha yopiqligidan shikoyat qildi.

TOShKENT, 26 sen — Sputnik. Qozog‘iston avtomobil ishlab chiqaruvchilar ittifoqi "KazAvtoProm" Qozog‘iston iqtisod vaziriga O‘zbekiston bilan hamkorlikning kelajagi borasida murojaat qilishdi.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, 19-sentabr kuni O‘zbekiston hukumat portaliga muhokamaga chiqarilgan "Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish choralari to‘g‘risidagi" qonun loyihasi Qozog‘istonda ishlab chiqarilgan avtombillarning O‘zbekiston bozoriga sotish imkoniyatidan mahrum qiladi.

Prezentatsiya novogo avtomobilnogo brenda RAVON - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘istonda yanada ko‘proq Ravon avtomobillari yig‘iladi

Xususan, Qozog‘istonda ishlab chiqarilan avtomobillarga aksiz stavkalari 1 kub sm — 2,4 $ miqdorida saqlanib qolgan. Shu bilan bir vaqtda, Rossiya va Ukraina hududidan  olib kelinayotgan avtomobillar uchun aksiz miqdori juda kam — bojxona qiymatining 2% miqdorida belgilangan. Boshqacha qilib aytganda, aksiz solig‘ining ushbu stavkalari saqlanib qolgan taqdirda Qozog‘iston avtomobillari uchun O‘zbekiston bozori yopiqligicha qoladi.

Xat mualliflari  fikriga ko‘ra, ushbu qonun Qozog‘iston avtomobil ishlab chiqaruvchilarini diskriminatsiya qiladi, chunki o‘n besh yildan beri O‘zbekiston avtomobillari Qozog‘istonda bojxona va aksiz soliqlarisiz bemalol sotilmoqda. 1996-yildan buyon Qozog‘istonda 85 ming O‘zbekiston avtomobillari sotilgan, lekin O‘zbekistonda birorta ham Qozog‘istonda ishlab chiqarilgan avtomobil sotilmagan, chunki O‘zbekiston bozoriga kirish bojxona va aksiz soliqlari bilan to‘sib qo‘yilgan.

"Ko‘rib turganingizdek, ushbu vaziyatni teng huquqli hamkorlik munosabatlari deb bo‘lmaydi. Ikkala tomon manfaatlariga hurmatga asoslangan suhbatga o‘tish vaqti keldi", deyilgn uyushma xatida.

Shuningdek "KazAvtoProm" vakillari iqtisod vaziridan Qozog‘iston avtosanoati mahsulotlarini O‘zbekiston bozoriga olib kirishga yordam berishni so‘ragan.

"Erkin raqobat prinsiplari asosida, Qozog‘iston avtosanoati mahsulotiga nisbatan tariflar siyosatini muhokama qilish uchun O‘zbekiston bilan muzokaralarga imkoniyat topishingizni va mahsulotlarimizni O‘zbekiston bozoriga olib kirishda yordam berishingizni so‘raymiz", — deyilgan xat so‘ngida.

Ushbu munosabat bilan "KazAvtoProm" raisi O‘zbekistonga nisbatan javob choralari kiritishni ham taklif qildi.

Toshkentda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Qozog‘iston forumida ma’lum bo‘lishicha, Qozog‘iston avtomobil ishlab chiqaruvchilari O‘zbekistonga Lada avtomobillarini yetkizib berishni rejalashtirgan.

EADaily xabariga asosan.

Yangiliklar lentasi
0