TOSHKENT, 30 sen — Sputnik. Oʻzbekiston yetkazib berilgan elektr energiyasi uchun Qozogʻistondan boʻlgan qarzining 130 million dollardan ortiqrogʻini toʻladi, deb xabar bermoqda Podrobno.uz.
"Oʻzbekiston bilan haqiqatan ayrim kelishmovchiliklar bor edi. Oʻzbekiston energiya tizimi bilan shartnomaviy munosabatlar oʻrnatgan vaqtimizdan buyon respublika bizdan 140 million dollardan ortiqroq qarz boʻlib qolgandi", — dedi "KEGOC" AJ boshqaruvi raisi Bakitjan Kajiyev matbuot anjumanida.
Hozirda mazkur masalani muvofiqlashtirish boʻyicha ishlar olib borilmoqda.
"Qarzning katta qismi toʻlab boʻlindi, oz miqdordagi pul qoldi — 143 million dollardan 11 million 330 ming tenge qoldi, yaʼni 130 million dollardan ortiq qarz uzildi. Qarzning qolgan qismi ham yil oxiriga qadar toʻlanadi", — dedi u.