O‘zbekiston Qirg‘izistondan arzon elektr energiyasi sotib olmoqda

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishElektricheskaya podstansiya
Elektricheskaya podstansiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"O‘zbekenergo" yiliga 60 milliard kVt/soatdan ortiq elektr energiyasi ishlab chiqaradi, uning 10%i GES va 90%i issiqlik elektr stansiyalari tomonidan ishlab chiqariladi

TOShKENT, 23-avgust — Sputnik. O‘zbekiston joriy yildan Qirg‘izistondan arzon elektr energiyasi sotib olishni boshladi, deb ma’lum qildi "O‘zbekenergo" vakili matbuot anjumanida.

Qirg‘izistondan O‘zbekistonga elektr yetkazib berish shu yilning 16-iyunidan "Elektr stansiyalari" va "O‘zbekenergo" o‘rtasida tuzilgan shartnoma doirasida boshlandi. O‘zbekiston tomonining bildirishicha, bu energiya tizimini muvofiqlashtirish va agrar sohani suv resurslari bilan ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

Elektr uzatish liniyalari - Sputnik O‘zbekiston
Tojikiston O‘zbekistonni arzon elektr toki bilan ta’minlamoqchi

"Bu yil biz vegetatsiya davrida Qirg‘izistondan elektr energiyasini import qilmoqdamiz. O‘zbekiston Qirg‘iziston gidroelektrostansiyalarida ishlab chiqarilgan arzon elektr energiyasini sotib olmoqda. Bu yerlarni sug‘orish uchun qishloq xo‘jaligini suv bilan ta’minlash va energiya tizimini muvofiqlashtirish maqsadida qilinmoqda", — dedi "O‘zbekenergo"ning strategik rivojlanish boshqarmasi boshlig‘i Eso Sadullayev.

Xususan, Sadullayev respublikaning Markaziy Osiyo energiya halqasini kengaytirish va kuchaytirish borasida chora-tadbirlarni amalga oshirishni rejalashtirgani hamda O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston energiya tizimlari uchastkalarida parallel ishlarni yo‘lga qo‘yganini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda "O‘zbekenergo" yiliga 60 milliard kVt/soatdan ortiq elektr energiyasi ishlab chiqaradi, uning 10%i GES va 90%i issiqlik elektr stansiyalari tomonidan ishlab chiqariladi.

Mamlakatda elektr energiyasi iste’moli yildan yilga ortib bormoqda. Agar 2000-yilda bir oilaning bir oylik o‘rtacha energiya iste’moli 114 kVt/soatni tashkil etgan bo‘lsa, 2016-yilda bu ko‘rsatkich 35%ga oshgan va 160 kVt/soatga yetgan.

Yangiliklar lentasi
0