O‘zbekiston Jahon bankidan 1 mlrd dollar oladi

© WikipediaShtab-kvartira Vsemirnogo banka v Vashingtone
Shtab-kvartira Vsemirnogo banka v Vashingtone - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hukumat va Jahon banki noyabr oyida budjetni qo‘llab-quvvatlash uchun 1 milliard dollar miqdoridagi qarz shartlarini muhokama qilishni rejalashtirmoqda

TOShKENT, 30 sen — Sputnik. O‘zbekiston hukumati milliy valyuta — so‘mning devalvatsiyasi oqibatlarini yumshatish maqsadida real sektor va ijtimoiy soha uchun bir milliard dollar miqdorida mablag‘ oladi, deb xabar berdi RIA Novosti vaziyat bilan tanish manbaga asoslanib.

Shtab-kvartira Vsemirnogo banka v Vashingtone - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonga Jahon bankining mintaqaviy direktori tashrif buyurdi

"Hukumat va Jahon banki noyabr oyida budjetni qo‘llab-quvvatlash uchun 1 milliard dollar miqdoridagi qarz shartlarini muhokama qilishni rejalashtirmoqda", — dedi agentlik suhbatdoshi.

Uning aytishicha, mablag‘ ijtimoiy sohada devalvatsiya oqibatlarini yumshatish va real sektorga yo‘naltiriladi.

Qarz shartlari 2018-yilning birinchi choragida kelishilishi rejalashtirilgan va yilning ikkinchi yarmida JB direktorlar kengashiga tasdiqlash uchun kiritiladi, dedi manba. Uning bildirishicha, O‘zbekiston prezidentining AQShga safari davomida Jahon bankidan mablag‘ olish borasida kelishuvga erishilgan.

Yangiliklar lentasi
0