O‘zbekistonga Jahon bankining mintaqaviy direktori tashrif buyurdi

© Sputnik / StringerShtab-kvartira Vsemirnogo banka v Vashingtone
Shtab-kvartira Vsemirnogo banka v Vashingtone - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tashqi ishlar vazirligida bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Jahon banki guruhi o‘rtasidagi sherikchilik istiqbollari muhokama qilindi

TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Jahon bankining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Liliya Burunchukni qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shtab-kvartira Vsemirnogo banka v Vashingtone - Sputnik O‘zbekiston
Jahon banki O‘zbekistonga 295 mln dollar kredit ajratadi

Xabarda aytilishicha, Liliya Burunchuk ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazish uchun nufuzli delegatsiya rahbari sifatida Toshkent shahriga keldi.

TIVda bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Jahon banki guruhi o‘rtasidagi sherikchilik istiqbollari muhokama qilindi.

Muloqot davomida 2017-2021-yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning besh ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish doirasidagi hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Bu Liliya Burunchukning O‘zbekistonga shu yilning o‘zidagi to‘rtinchi tashrifidir. Avvalroq Jahon banki delegatsiyasi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat bilan tanishish maqsadida Orolbo‘yiga tashrif buyurgan edi.

Yangiliklar lentasi
0