BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi

© FABRICE COFFRINI / AFPVerxovniy komissar OON po pravam cheloveka Zeyd Raad al-Xuseyn
Verxovniy komissar OON po pravam cheloveka Zeyd Raad al-Xuseyn - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Zayd Raad al-Husayn Shavkat Mirziyoyevga O‘zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish masalalariga yuksak e’tibor qaratilayotgani va bu borada amaliy choralar ko‘rilayotgani uchun minnatdorlik bildirdi

TOShKENT, 11-may — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Zayd Raad al-Husaynni qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi hukumat portali xabar bermoqda.

Abdulaziz Kamilov i Zeyd Raad al-Xuseyn - Sputnik O‘zbekiston
Abdulaziz Kamilov BMTning inson huquqlari komissari bilan uchrashdi

Davlat rahbari mehmonni qutlar ekan, O‘zbekiston va BMT, ushbu nufuzli universal xalqaro tashkilot institutlari, shu jumladan, BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi o‘rtasida amaliy va ochiq muloqotni yanada rivojlantirish va mustahkamlash muhimligini alohida ta’kidladi.

Uchrashuvda o‘zaro hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha fikr almashildi.

Zayd Raad al-Husayn Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul, O‘zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish masalalariga yuksak e’tibor qaratilayotgani va bu borada amaliy choralar ko‘rilayotgani uchun minnatdorlik bildirdi. BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi O‘zbekiston bilan uzoq muddatli va tizimli hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanini ta’kidladi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0