TOShKENT, 27 sen — Sputnik. 29 sentabr kuni Moskva va Butun Rus patriarxi Kirill O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati xabar qildi.
Xabarga ko‘ra, Rossiya pravoslav cherkovi rahbari tashrifi dasturidan O‘zbekiston davlat tuzilmalari va Musulmonlar diniy idorasi rahbariyati bilan uchrashuvlar, Samarqand va Buxoro shaharlariga tashriflar o‘rin olgan.
Moskva va Butun Rus patriarxi Kirill O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilinadi.