Toshkentda pichoq uloqtirish bo‘yicha chempionat boshlandi

© fotoliaBoyes v kimono pered poyedinkom
Boyes v kimono pered poyedinkom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Pichoq bilan jang qilishda turli sport turlari vakillari ishtirok etishi mumkin. Chempionat dasturidan 3, 5 va 7 metrlik masofalardan pichoq uloqtirish bo‘yicha g‘oliblarni aniqlash ham joy olgan. Bellashuvlar shanba kuni o‘z nihoyasiga yetadi

TOShKENT, 29 sen — Sputnik. Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining pichoq bilan jang qilish hamda pichoq uloqtirish bo‘yicha chempionati boshlandi, deb xabar qildi Toshkent shahar hokimligi matbuot-xizmati.

XVIII Mejdunarodnie sorevnovaniya po raketomodelnomu sportu - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik yoshlar Qozog‘istonda raketomodel sporti musobaqasida g‘olib bo‘lishdi
Pichoq bilan jang qilish — sport yakkakurashlarining O‘zbekistonda ommalashib borayotgan nisbatan yosh turi hisoblanadi. Sportchilar kimono va himoya dubulg‘alari bilan jangga kirishadi, zarbalar qo‘l, oyoq va plastmassadan tayyorlangan pichoq yordamida beriladi. Jang ikki daqiqalik ikki raunddan iborat. Eng yuqori ballar ko‘krakning yuqori qismiga urilgan zarbalar uchun beriladi. Qo‘l va oyoqlarga tekkan zarbalar uchun bir ball qo‘yiladi.

Joriy yil Mudofaa vazirligi chempionatida harbiy okruglar va oliy harbiy ta’lim muassasalaridan 7 guruh qatnashmoqda.

65 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugi vakili Redvan Usainov Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi vakili Otabek Sirojiddinov ustidan g‘alaba qozondi. Sharqiy harbiy okrug vakili Shahzod Hakimov Havo hujumidan mudofaa (HHM) va Harbiy havo kuchlari (HHK) qo‘shinlari jamoasi a’zosi Sohibjon Sulaymonovni muddatidan oldin mag‘lubiyatga uchratdi.

Bo‘lajak zobitlar — Samarqand oliy harbiy avtomobil qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti (SOHAQMBYu) kursanti Siroj Samandarov hamda Qurolli Kuchlar akademiyasi kursanti Kozimjon Ismoilovlar o‘rtasidagi bahs birinchi raunddayoq SOHAQMBYu vakili g‘alabasi bilan yakunlandi.

Uzbekskie militsioneri radom s pamatnikom Islamu Karimovu - Sputnik O‘zbekiston
Sportchilarga ichki ishlar tizimiga ishga kirishda imtiyoz berildi
Pichoq bilan jang qilishda turli sport turlari vakillari ishtirok etishi mumkin. Masalan, Redvan Usainov armiyadagi harbiy xizmatga qadar qo‘l jangi bilan shug‘ullangan bo‘lsa, Toshkent harbiy okrugi jamoasi vakili Shuhrat Bafoyev dzudo bilan shug‘ullanib, 2014-yilda yoshlar jahon chempionatida kumush medal sovrindori bo‘lgan. Birinchi jangda Shuhrat HHM va HHK qo‘shinlari vakili Sh.Toshmurodov ustidan g‘alaba qozondi.

70 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasidagi sportchilar bellashuvida JG‘MHO vakili Javlon Tog‘ayev birinchi jangda SOHAQMBYu kursanti Rafiq Isroilovni mag‘lub etdi. Qurolli Kuchlar akademiyasidan Sirojiddin Abduhalilov ShG‘HO vakili Muhriddin Nuriddinov ustidan zafar quchdi.

Chempionat dasturidan 3, 5 va 7 metrlik masofalardan pichoq uloqtirish bo‘yicha g‘oliblarni aniqlash ham joy olgan. Bellashuvlar shanba kuni o‘z nihoyasiga yetadi.

Yangiliklar lentasi
0