O‘zbekistonlik yoshlar Qozog‘istonda raketomodel sporti musobaqasida g‘olib bo‘lishdi

© FacebookXVIII Mejdunarodnie sorevnovaniya po raketomodelnomu sportu
XVIII Mejdunarodnie sorevnovaniya po raketomodelnomu sportu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Musobaqalarda Qozog‘iston, Belarus, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Rossiya va Bolgariyadan sportchilar ishtirok etdi

TOShKENT, 28 sen — Sputnik. Qozog‘istonning Boyqo‘ng‘ir shahridagi "Boyqo‘ng‘ir" kosmodromi raketomodel maydonida bo‘lib o‘tgan o‘smirlar o‘rtasida raketomodel sporti bo‘yicha XVIII xalqaro musobaqalarda o‘zbekistonlik sportchilar mutlaq g‘olib bo‘lishdi.

Musobaqalarda Qozog‘iston, Belarus, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Rossiya va Bolgariyadan sportchilar ishtirok etdi.

© FacebookO‘zbekistonlik yoshlar umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashdi
XVIII Mejdunarodnie sorevnovaniya po raketomodelnomu sportu  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik yoshlar umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashdi

Oltita yo‘nalish bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalarda O‘zbekistondan "Barkamol avlod", "TEX PROGRES SPORT" va O‘zbekiston milliy terma jamoalari qatnashdi.

Barcha yo‘nalishlarda birinchi va ikkinchi o‘rinlarga sazovor bo‘lgan o‘zbekistonliklar umumjamoa hisobida yetakchilikni qo‘lga kiritishdi.

Yangiliklar lentasi
0