TOShKENT, 29 sen — Sputnik. Toshkent shahrida 27-sentabr kuni sodir bo‘lgan avtohalokat natijasida bir kishi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Xabarda aytilishicha, 27-sentabr kuni Yunusobod tumani, Amir Temur ko‘chasida "Kaptiva" rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotgan haydovchi piyodani urib yuborgan. Natijada 26 yoshli fuqaro voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Jinoyab kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati va ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish, odam o‘lishiga sabab bo‘lsa) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.