Toshkentda YTHda bir ayol vafot etdi, bir necha kishi jarohatlandi

© Foto uznewsDTP v Tashkente
DTP v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Katta tezlikda harakatlanayotgan taksi daraxtga borib urildi, oqibatda yo‘lovchi ayol qurbon bo‘ldi.

TOShKENT, 24 sen — Sputnik. Kecha 23-sentabr shanba kuni Toshkentda bir kishining umriga zomin bo‘lgan, mudhish YTH sodir bo‘ldi, deb xabar qilmoqda UzNews nashri.

Hodisa taxminan soat 18:30 lar atrofida Chilonzor tumanida sodir bo‘lgan. Bunyodkor shoh ko‘chasidan katta tezlikda harakatlanayotgan taksi daraxtga urilgan. Xabarda aytilishiga ko‘ra, YTH haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida sodir bo‘lgan.

© Foto uznewsDTP v Tashkente
DTP v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
DTP v Tashkente

 

Oqibatda, 1950-yilda tug‘ilgan yo‘lovchi ayol, vafot etgan, uning 8 va 11 yoshli nabiralarining boshi o‘rta og‘irlikda lat yegan. Ular kasalxonaga yotqizilgan.

Haydovchi, 1980-yilda tug‘ilgan fuqaro ham jarohatlangan. Uning tos suyagi singan.  

Ushbu ish yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

 

Yangiliklar lentasi
0