Mirziyoyev birja va ko‘rgazma-yarmarka savdolarini tartibga soluvchi qarorni imzoladi

© Sputnik / Vadim Jernov / Mediabankka o‘tishSotrudnik tovarno-fondovoy birji
Sotrudnik tovarno-fondovoy birji - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Birjalar va yarmarkalarning hisob-kitob-kliring palatalari orqali hisob-kitoblar va o‘zaro hisob-kitoblar faqatgina birjalar va yarmarkalarda ro‘yxatdan o‘tgan bitimlar bo‘yicha amalga oshiriladi

TOShKENT, 29 sen — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev birja va ko‘rgazma-yarmarka savdolarini yanada tartibga solish to‘g‘risidagi qarorga imzo chekdi.

Koreyadagi avtozavod - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda Koreya kompaniyalari ishtirokida kooperatsiya birjasi o‘tkazildi

Hujjatga ko‘ra, birjalar va yarmarkalarning hisob-kitob-kliring palatalari orqali hisob-kitoblar va o‘zaro hisob-kitoblar faqatgina birjalar va yarmarkalarda ro‘yxatdan o‘tgan bitimlar bo‘yicha amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, birjalar va yarmarkalarning hisob-kitob-kliring palatalari hisob raqamlarida bo‘lgan mablag‘lardan foydalangan holda, pul talabnomasidan voz kechish bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirish taqiqlanadi.

Shuningdek, import shartnomalari bo‘yicha tovar-xom ashyo birjalari yoki yarmarkalarning hisob-kitob-kliring palatalarida norezident-sotuvchining hisob raqamiga o‘tkazilgan mablag‘lar faqatgina birja va ko‘rgazma-yarmarka savdolarida tuzilgan eksport shartnomalari, bojxona bojlari, sud xarajatlari hamda birja shartnomalarini tuzish va ijro etish bilan bevosita bog‘liq xizmatlar to‘lovlari uchun ishlatilishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0