Toshkentda Koreya kompaniyalari ishtirokida kooperatsiya birjasi o‘tkazildi

© AFP 2023 / STRKoreyadagi avtozavod
Koreyadagi avtozavod - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Janubiy Koreyaning «KICOX» industrial kompleks korporatsiyasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi

TOShKENT, 11 noya – Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan tashkil etilgan forum doirasida Janubiy Koreyaning avtomobil butlovchi va ehtiyot qismlari ishlab chiqaruvchi kompaniyalari ishtirokida kooperatsiya birjasi o‘tkazildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi hukumat portalida xabar berilmoqda. Tadbir ikki davlat o‘rtasidagi ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirish hamda chet el investitsiyalarini jalb etish maqsadida tashkil etildi.

Ravon Gentra avtomobili - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Iroq, Iordaniya va Somaliga yengil avtomobillar eksport qilishni boshladi

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Janubiy Koreyaning «KICOX» industrial kompleks korporatsiyasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi.

Korporatsiya bosh direktori Cho Seong Tayening aytishicha, O‘zbekistonga korporatsiya tarkibidagi «Dong-A Precision», «Inha AMT», «KAC», «Polyone», «Primax», «Shinwoo Hitec» kabi avtomobil butlovchi va ehtiyot qismlari ishlab chiqaruvchi kompaniyalar vakillari kelgan. U O‘zbekiston kompaniyalari bilan hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.

Forumda O‘zbekiston avtomobilsozlik sanoatida faoliyat yuritayotgan ellikdan ortiq kompaniyalari vakillari qatnashdi.

Bugungi kunda O‘zbekistonda Janubiy Koreya investorlari ishtirokida tashkil etilgan qariyb 450 korxona mavjud. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida ushbu mamlakatning 72 kompaniyasi vakolatxonalari akkreditatsiyadan o‘tgan. Mazkur kompaniyalar faoliyatining asosiy yo‘nalishlari neftgaz va kimyo, mashinasozlik, elektr-texnika, to‘qimachilik kabi qator sohalarni qamrab olgan.

Yangiliklar lentasi
0