MIB birovning uyiga ega chiqqan oilani majburan ko‘chirib chiqardi

© Sputnik/StringerUy
Uy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Uyingni bo‘shatmayman, qayerga borsang boraver!", deb birovning uyiga ega chiqqan oila Majburiy ijro burosi tomonidan majburan ko‘chirib chiqarildi va kamiga, jarimaga ham tortildi

TOShKENT, 29 sen — Sputnik. Majburiy ijro burosi Samarqand shahar bo‘limi birovning uyiga ega chiqqan oilani majburan ko‘chirib chiqardi, deb xabar qildi "Zarafshon" nashri.

Keyingi yillarda uy-joy bilan bog‘liq muammolar uchrab turibdi. Bitta ko‘chmas mulkka da’vogar ikki tomonning hujjatlari sud tomonidan ko‘rib chiqilgach ham, afsuski, tortishuvlar davom etadi. Ayrim hollarda bir necha yil yashagani sababli "endi uy meniki" deya shunchaki mol-mulkka ega chiqayotganlar ham bor. Sud qarorini ham, uy egasining qonuniy hujjatlarini ham tan olgisi yo‘q — "chiqmayman, tamom!".

Proizvodstvo televizorov na zavode kompanii Telebalt - Sputnik O‘zbekiston
Mol-mulklaridan ayrilgan fuqarolar qarzni bir kunda to‘lashmoqda - MIB

Majburiy ijro burosi Samarqand shahar bo‘limi tomonidan xuddi shunday mazmundagi bir qator ijro ishlari amalga oshirilib, fuqarolarning o‘z mulkiga egalik qilishiga bo‘lgan monelik olib tashlandi. Misol uchun, Samarqand shahri Bag‘dod ko‘chasida yashovchi M.Malikova (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) xorijda ishlayotgan qarindoshining uyiga oila a’zolari bilan kirib, uzoq yil yashab keladi. Xorijdan qaytgan qarindoshi esa o‘z uyiga kira olmaydi. Bo‘lib o‘tgan sarsongarchiliklar, sud qarorlaridan so‘ng ham javobgar uyni bo‘shatib bermagach, majburiy ijro burosi Samarqand shahar bo‘limi tomonidan ogohlantiruv xati yuborildi.

Fuqaroga ixtiyoriy ravishda uyni bo‘shatmagan taqdirda eng kam ish haqining besh baravari miqdorida jarima qo‘llanilishi tushuntirilgan bo‘lsa-da, fuqaro o‘z bilganidan qolmadi. Oqibatda javobgar birovning uyidan majburiy ravishda ko‘chirilib, jarima to‘lashiga ham to‘g‘ri keldi.

Yangiliklar lentasi
0