TOShKENT, 29 sen — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining qarori bilan Vazirlar Mahkamasining Oliy Majlisdagi vakolatli vakili lavozimi joriy etildi.
Yangi lavozim Vazirlar Mahkamasining Oliy Majlis palatalari bilan hamkorligining tashkiliy- huquqiy mexanizmlarini yanada takomillashtirish, qonun ijodkorligi jarayonida va ijro hokimiyati organlari faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirishda Vazirlar Mahkamasi ishtirokining samaradorligini oshirish maqsadida joriy qilindi. Bu shuningdek, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalarini bajarishda Hukumat mas’uliyatini kuchaytirishi ham lozim.
Vakolatli vakil Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida qonunlar loyihalari, boshqa masalalarni muhokama etish va Oliy Majlis palatalarida qonun loyihalarini (qonunlarni) ko‘rib chiqishda ishtirok etadigan Hukumat vakillari tarkibini shakllantirishda ishtirok etadi.
Vakolatli vakil O‘zbekiston prezidenti bilan kelishilgan holda bosh vazir tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
U o‘z faoliyatini bosh vazir rahbarligida amalga oshiradi, bir vaqtning o‘zida uning faoliyati Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Vakolatli vakil va uning apparati Hukumat binosida joylashtiriladi.