TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. Yangi axborot-tahliliy kanal — O'zbekiston 24 mamlakat parlamenti majlisini jonli efirda translyatsiya qiladi, deb xabar qildi kuni kecha xalqaro press-klub doirasida teleradiokanal rahbarining birinchi o‘rinbosari Rahim Mahkamov.
Qayd etish joizki, telekanal rahbariyati hozircha jonli efir qachondan boshlab yo‘lga qo‘yilish sanasini aniq ayta olmadi. Bu ish yaqin 1,5-2 oy ichida amalga oshirilishi aytildi, xolos.
"Ayni vaqtda radio ochilishi kutilmoqda. Hammasini bosqichma-bosqich ishga tushiramiz, avvaliga radio va veb-saytdan boshlaymiz. Hammasi tayyorgarlikka qarab bo‘ladi, bir kunda barchasini ishga tushirish imkoni yo‘q. Bizda biror bir yangilikni muhim sanaga bag‘ishlash an’anasi bor, ammo o‘ylaymanki, muhim voqealar boshqa, oddiy kunlarda ham ro‘y berishi mumkin", — deb qayt etgan Mahkamov.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.