Prezident stipendiyasi uchun test sinovlari bo‘lib o‘tdi

Obuna bo‘lish
Test sinovlariga jami 107 ta talabgor jalb qilingan

TOShKENT, 29 sen — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasiga nomzod talabalarning bilim darajalarini aniqlash bo‘yicha test sinovlari joriy yilning 26-sentabr kuni bo‘lib o‘tdi va test natijalari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga taqdim etildi, deb xabar qildi DTM matbuot-xizmati.

Interaktivnaya shkola v Volgograde - Sputnik O‘zbekiston
Kelasi o‘quv yilidan akademik litseylarda o‘qish ikki yillik bo‘ladi

"Test sinovlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktabrdagi "O‘zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Davlat test markazining joriy yil 15-sentabrdagi qo‘shma qarori hamda Davlat test markazining 19-sentabrdagi buyrug‘i asosida o‘tkazildi.

Qayd etish kerak, test sinovlariga jami 107 ta talabgor jalb qilindi", deyilgan xabarda.

 

Yangiliklar lentasi
0