Kelasi o‘quv yilidan akademik litseylarda o‘qish ikki yillik bo‘ladi

© Sputnik / Kirill Braga / Mediabankka o‘tishInteraktivnaya shkola v Volgograde
Interaktivnaya shkola v Volgograde - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Zamonaviy talablarga javob bermaydigan, oliy ta’lim muassasalaridan uzoqda joylashgan, ta’lim sifati va bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichlari past bo‘lgan akademik litseylar o‘quvchilar qabul qilishni to‘xtatadi

TOShKENT, 27 sen — Sputnik. O‘zbekistonda 2017/2018 o‘quv yilidan boshlab akademik litseylarda o‘qish muddati ikki yil etib belgilanadi. Bu haqda O‘zbekiston prezidentining "Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida"gi qarorida ko‘rsatib o‘tildi.

Qarorga muvofiq, akademik litseylarga o‘quv-metodik jihatdan rahbarlik qilish Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

Hujjatda keltirilishicha, o‘quv-metodik va moddiy-texnika bazasi zamonaviy talablarga javob bermaydigan, oliy ta’lim muassasalaridan uzoqda joylashgan, ta’lim sifati va bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichlari past bo‘lgan akademik litseylar 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab o‘quvchilarni qabul qilishni to‘xtatadi va 2019-yil 1-sentabrdan boshlab ular faoliyati tugatiladi.

Prazdnik Posledniy zvonok v shkolax Rossii - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda atigi 67 ta akademik litsey qoladi

Yuqori ilmiy va pedagogik salohiyatga, yetarli moddiy-texnika bazaga ega bo‘lgan akademik litseylar oliy ta’lim muassasalari tasarrufiga o‘tkaziladi.

Akademik litseylardan uzoq joylashgan hududlardan qabul qilingan o‘quvchilar belgilangan tartibda yotoqxona hamda ota-onalar to‘lovi hisobiga (eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida) xarajatlarni qisman qoplagan holda, imtiyozli oziq-ovqat bilan ta’minlanadilar.

2018/2019 o‘quv yilidan boshlab o‘quvchilar qabuli to‘xtatilayotgan akademik litseylarning 2 va 3-bosqich o‘quvchilari mazkur akademik litseylarda ta’limni amaldagi o‘quv dasturlari bo‘yicha belgilangan tartibda yakunlaydilar va ularga davlat namunasidagi akademik litsey bitiruvchisi diplomi beriladi.

Faoliyati tugatiladigan akademik litseylarning bino va inshootlari, yer maydonlari, birinchi navbatda, amalda biriktirilgan oliy ta’lim muassasasiga, oliy ta’lim muassasasida ehtiyoj mavjud bo‘lmagan hollarda tegishli tuman (shahar)lar hokimliklariga operativ boshqaruv huquqi asosida beriladi.

Akademik litseylar samarali faoliyat ko‘rsatishi, ulardagi o‘qitish sifatini ta’minlash hamda ular moddiy-texnika bazasi va yuqori malakali o‘kituvchilar tarkibi bilan ta’minlangani, ta’lim-tarbiya jarayoni ustidan nazorat qilinishi, bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi ko‘rsatkichlarini to‘liq ta’minlash uchun shaxsiy mas’uliyat tegishli oliy ta’lim muassasalari rektorlariga yuklanadi.

Yangiliklar lentasi
0