Rossiya IIV chegaradayoq barmoq izlarini olishni taklif qilmoqda

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishTamojenniy post "Bagrationovsk" v Kaliningradskoy oblasti
Tamojenniy post Bagrationovsk v Kaliningradskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya IIV migratsiya masalalari bo‘yicha bosh boshqarmasi boshlig‘i Olga Kirillova 2016-yilda Rossiya migratsion qonunchiligi samaradorligini oshirish taklifi bilan chiqqan edi

TOShKENT, 28 sen — Sputnik. Rossiya IIV migratsiya masalalari bo‘yicha bosh boshqarmasi boshlig‘i Olga Kirillova chegaradayoq daktiloskopiya o‘tkazish va fotosuratga olishni taklif qildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Sotrudnik OMON registriruyut zaderjannogo vo vremya reyda na odnom iz rinkov - Sputnik O‘zbekiston
Migrantlar «nomaqbul xatti-harakatlar uchun” Rossiyadan chiqarib yuboriladi

"IIV ulkan resurs yaratmoqda, YeOIH va yaqin xorij ma’lumotlar bazalaridan foydalanmoqda, lekin biz avval hammani kirgizapmiz, keyin esa ularni qidirishga tushapmiz. Menimcha, suratga olish va daktiloskopiya jarayonlari chegarada o‘tkazilishi mantiqan to‘g‘ri bo‘lardi", — degan u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, barmoq izlarini va suratga olishni qaysi idora bajarishini ham aniqlab olish kerak.

"Har qanday terakt chegaralarni tegishli tarzda uskuna bilan ta’minlashdan ko‘ra qimmatroq tushadi", — degan u.

Kirillova 2016-yilda Rossiya migratsion qonunchiligi samaradorligini oshirish taklifi bilan chiqqan edi. U mamlakatga kirib kelayotgan xorijliklar ustidan nazoratni chegarada kuchaytirish zarurligini bildirgandi.

Yangiliklar lentasi
0