TOShKENT, 28 sen — Sputnik. AQSh Boston kolleji Huquq maktabi va Toshkent davlat yuridik universiteti o‘rtasida o‘zaro anglashuv Memorandumi imzolandi.
Tomonlar yuridik kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish sohasida hamkorlik qiladi.
O‘zbekiston adliya vaziri R.Davletov Vinsent Rugo bilan uchrashuv chog‘ida AQSh Boston kolleji Huquq maktabi bilan uzoq muddatli hamkorlik qilish muhimligini ta’kidladi va ikki tomonlama do‘stona munosabatlarni doimo qo‘llab quvvatlashga tayyorligini bildirdi.
Vincyent Rugo Toshkent davlat yuridik universitetining o‘quv va texnik jihatdan ta’minlanganligi, o‘qituvchi va talabalarning ta’limga sodiqligidan hayratda ekanligini alohida qayd etib o‘tdi, deyiladi Adliya vazirligi matbuot xizmati xabarida.