TOShKENT, 28 sen — Sputnik. Turkmaniston poytaxti Ashxobodda usti yopiq inshootlardagi va jang san’atlari bo‘yicha V Osiyo o‘yinlarida yakunlandi.
O‘zbekiston terma jamoasi yakuniy jadvalda beshinchi o‘rinni egalladi.
O‘zbekistonlik sportchilar turnirda jami 131ta medal qo‘lga kiritishdi. Bu 245ta medal bilan birinchi o‘rinni olgan Turkmanistondan keyin ikkinchi ko‘rsatkich hisoblanadi, lekin O‘zbekiston oltin medallar soni bo‘yicha yaxshi natija ko‘rsata olmadi.
Ushbu musobaqalarda terma jamoa 24ta oltin, 33ta kumush va 74ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Turkmaniston 89ta oltin medal bilan jadvalning eng yuqori pog‘onasida joylashdi, Xitoy 42ta (jami 97ta), Eron 36ta (jami 118ta), Qozog‘iston 28ta oltin (jami 96ta) medal oldi.