TOShKENT, 25 sen — Sputnik. Ashxobod-2017 usti yopiq inshootlardagi va jang san’atlari bo‘yicha V Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston termasi mezbonlar, Xitoy va Erondan keyin to‘rtinchi bo‘lib turibdi. Bu haqda musobaqalar saytida xabar berilgan.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi 21ta oltin, 28ta kumush va 59ta bronza medallarni qo‘lga kiritishdi
O‘zbekistonlik sportchilar sportning Turkman milliy kurashi, djiu-djitsu, klassik kurash, yengil atletika, taekvondo, tennis, sambo, kurash, basketbol 3x3, muay tay, suzish, og‘ir atletika turlarida medallarga sazovor bo‘lganlar.
O‘zbekiston delegatsiyasi Baku shahrida o‘tkazilgan Islom Birdamligi O‘yinlarini umumjamoa hisobida 4-o‘rinda yakunlagandi.
Musobaqalar 27-sentabrga qadar davom etadi, 189 sportchidan iborat O‘zbekiston termasi sportning 20 turida mukofotlar uchun bahs olib bormoqdalar.