O‘zbekiston IIV Interpolning qalbaki valyuta va hujjatlarni aniqlash treningida qatnashmoqda

Logotip INTERPOL na fasade zdaniya
Logotip INTERPOL na fasade zdaniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mazkur trening a’zo mamlakatlarning ushbu yo‘nalishdagi faoliyatida huquqiy yordam sifatida, tezkor qo‘llash va ma’lumotlar texnik bazasidan foydalanishda hamkorlik, qalbaki valyuta va hujjatlarni aniqlash yuzasidan tashkil etildi

TOShKENT, 28 sen — Sputnik. Xalqaro jinoyat politsiyasi tashkiloti Bosh kotibiyati tashabbusi va Shveysariyaning "SICPA" kompaniyasi bilan hamkorlikda, Toshkentda uch kunlik "Hujjatlar xavfsizligini baholash"ga bag‘ishlangan trening boshlandi.

Mazkur trening a’zo mamlakatlarning ushbu yo‘nalishdagi faoliyatida huquqiy yordam sifatida, tezkor qo‘llash va ma’lumotlar texnik bazasidan foydalanishda hamkorlik, qalbaki valyuta va hujjatlarni aniqlash yuzasidan tashkil etildi.

Mazkur treningda O‘zbekiston, Tojikiston, Ozarbayjon huquqni muhofaza qiluvchi idoralari xodimlari ishtirok etmoqdalar.

Vizit vitse-prezidenta Mejdunarodnoy organizatsii ugolovnoy politsii-Interpol v MVD Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Interpol bilan hamkorlikni kuchaytiradi
2015 yildan boshlab, Interpol Bosh kotibiyati tomonidan shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar xavfsizligini o‘rganish va ularni ekspertiza qilish bo‘yicha o‘quv treninglari o‘tkazib kelinmoqda. 2015-2017 yillar davomida 31 mamlakatdan 150 dan ortiq huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari qatnashganlar. Maqsad, ushbu yo‘nalishda a’zo mamlakatlar huquq tartibot idoralari bilan hamkorlikda ilg‘or ish tajribalari bilan o‘rtoqlashish.

O‘quv trening 12 ta o‘quv modulini va 3 ta amaliy mashg‘ulotni o‘z ichiga olgan bo‘lib, bunga yetakchi mutaxxasislar instruktor va ekspert sifatida jalb qilingan.

"Qalbaki hujjatlar davlat boshqaruvi apparatini bir maromda ishlashiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi bilan bir qatorda, jamiyatga ijtimoiy va ma’naviy zarar ham yetkazadi. Bular yuridik hujjatlarda, kredit rasmiylashtirishda, bankdan mablag‘ olishda, mol-mulkka egalik qilishda, noqonuniy migratsiya va boshqa bir qator holatlarda o‘z aksini topadi. Shuning uchun yuqoridagi holatlarda firibgarlikni oldini olish uchun huquq tartibot tizimi zamonaviy, texnologik va qulay bo‘lishi lozim.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi keyinchalik ham ushbu yo‘nalishda faoliyat olib borayotgan mutaxassislarni tayyorlash va tajriba almashishga tayyorligini bildirdi", deyilgan O‘zbekiston IIV matbuot-xizmati xabarida.

Yangiliklar lentasi
0