TOShKENT, 21 sen — Sputnik. O‘zbekistondagi mahalliy OAVlar "Kriminal avtoritet» nomiga da’vogar Abbosxon Xodjayev qo‘lga olingani haqida xabar bermoqda.
"Uning jinoiy guruh tashkil etib, avtoritet maqomini qo‘lga kiritish uchun harakat qilgani to‘g‘risidagi axborot tasdig‘ini topmoqda, — deb aytgan Toshxo‘jayev. — Tezkor kuchlar tomonidan mazkur urinish bartaraf etildi. U hibsga olindi, sheriklari aniqlanmoqda".
Abbosxon Xodjayevga nisbatan giyohvand moddalarni saqlash aybi e’lon qilingan.
"Ishontirib aytishim mumkinki, Toshkentda hech kimning qonundan ustun bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Konstitutsiya, Jinoyat-protsessual kodeks, normativ hujjatlar, hokimiyat, huquqni muhofaza qilish organlari bor. Bu yerda "ko‘cha"ga o‘rin yo‘q. Har qanday urinish keskin bartaraf etiladi", — deb ta’kidlagan Toshxo‘jayev.
IIBB axborot xizmati 13-sentabrda Abbosxon Xodjayevning qo‘lga olinganini xabar qilgandi.
"O‘zbekiston poytaxtining kriminal dunyosida urush ochildi. Rossiyadagi "qonundagi o‘g‘rilar" Toshkentning avvalgi "nazoratchisi" — 33 yashar Abbos Xadjayevni chetlatishni istadilar. Avgust oyida unga shaharni topshirish taklif qilingan, ammo u rozi bo‘lmagan. O‘shanda 9-sentabr kuni Sog‘bon ko‘chasidagi avtozapravkada banditlar Xadjayevning o‘ng qo‘li sifatida tanilgan "Maxa" laqabli 35 yashar Maxamadjon Qurbonovga hamla qilishgan.
"Maxa"ning yuziga pichoq tortilgan, bu esa o‘g‘rilar olamida avvalgi xo‘jayinga "sen endi hech kim emassan" deb aytilganlikdan darak beradi", — deyilgan edi nashr xabarida.