O‘zbekiston Bosh vaziri Aripov Yoshlar uylari bo‘yicha qarorni imzoladi

© Pravitelstvo respubliki KirgizstanPremyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov
Premyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu qaror mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etib, alohida namuna ko‘rsatayotgan yosh oilalarga uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari berish yo‘li bilan ularning uy-joy va maishiy sharoitlarini yanada yaxshilash maqsadida qabul qilingan

TOShKENT, 27 sen — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi joriy yilning 23-sentabr kuni "Mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlashni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Yoshlar - ulkan kuch: Mirziyoyev yoshlarga Hukumat eshiklarini ochdi
Qaror Shavkat Mirziyoyevning "Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab- quvvatlash to‘g‘risida" 2017-yil 5-iyuldagi Farmonini bajarish yuzasidan, shuningdek, mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etib, alohida namuna ko‘rsatayotgan yosh oilalarga uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari berish yo‘li bilan ularning uy-joy va maishiy sharoitlarini yanada yaxshilash maqsadida qabul qilingani aytib o‘tilgan.

Hujjatda qayd etilishicha:

— shaharlarda ko‘p kvartirali arzon uy-joylar qurish va rekonstruksiya qilish uchun — 3-yillik imtiyozli davr va dastlabki 5-yil mobaynida yillik 7 foiz miqdoridagi foiz stavkasi bilan va keyingi davrda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida 20-yil muddatga beriladi, bunda dastlabki badal kvartira qiymatining 25 foizni tashkil etadi;

— qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish va rekonstruksiya qilish uchun — 3-yillik imtiyozli davr va dastlabki 5-yil mobaynida yillik 7 foiz miqdoridagi foiz stavkasi bilan va keyingi davrda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida 15-yil muddatga beriladi, bunda dastlabki badal quyidagi miqdorni tashkil etadi:

Kamolot uylari - Sputnik O‘zbekiston
"Yoshlar uylari"ni berish tartibi o‘zgardi
ikki, uch qavatli ko‘p kvartirali (2 va 3 xonali) uylar va 2, 3 xonali bir qavatli uylar uchun — 15 foiz;

ikki qavatli 4 xonali birlashtirilgan uylar uchun — 25 foiz.

Mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etib, alohida namuna ko‘rsatayotgan yosh oilalar uchun ipoteka kreditlari bo‘yicha quyidagi shakldagi to‘lovlar nazarda tutilgan qo‘shimcha imtiyozlar beriladi:

ipoteka kreditlarini olgan yosh oilalarning kreditni to‘lash muddati davomida keyinchalik uni qaytarish sharti bilan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi mablag‘lari hisobidan uy-joy sotib olish uchun dastlabki badallarni to‘lash;

ipoteka krediti bo‘yicha birinchi besh yil nihoyasiga yetgandan keyingi butun muddat uchun hisoblanadigan foizlarning O‘zbekiston yoshlar ittifoqi mablag‘lari hisobidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foizi miqdorida to‘lash.

Zasedanie Mejdunarodnogo press-kluba po politicheskim partiyam - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda birinchi uyushmagan yoshlar klubi tashkil etildi, a’zolariga kredit beriladi
Hujjatga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi bilan kelishgan holda, uy-joy sotib olish uchun ipoteka kreditlari bo‘yicha qo‘shimcha imtiyozlar beriladigan, Mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etib, alohida namuna ko‘rsatayotgan yosh oilalarni tanlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni bir oy muddatda ishlab chiqishi hamda tasdiqlashi belgilangan.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda boshqa daxldor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda, mamlakat hayotida faol ishtirok etib, alohida namuna ko‘rsatayotgan yosh oilalar uchun uy-joylarni taqsimlashning hamda ularga ipoteka kreditlari bo‘yicha qo‘shimcha imtiyozlar berishning shaffofligini ta’minlaydigan elektron tizimni 2018-yilning 1-yanvarigacha bo‘lgan muddatda ishlab chiqadi va joriy qiladi, deb belgilangan qarorda.

Yangiliklar lentasi
0