Toshkentda birinchi uyushmagan yoshlar klubi tashkil etildi, a’zolariga kredit beriladi

© Mejdunarodniy press-klubZasedanie Mejdunarodnogo press-kluba po politicheskim partiyam
Zasedanie Mejdunarodnogo press-kluba po politicheskim partiyam - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Klubga a’zo bo‘lish uchun hech qanday hujjat talab etilmaydi. "Pasport, propiska kerak emas", - deb aytgan Toshkent shahar mahalla kengashi raisi o‘rinbosari Davronbek Mirtajiyev. Ta’kidlanishicha faqat turmushga chiqqan ayollar uchungina cheklov mavjud. Mirtajiyevning so‘zlariga ko‘ra, bu ayollarni erlari ta’minlashi kerak

TOShKENT, 30 avg — Sputnik. Toshkentda birinchi uyushmagan yoshlar klubi tashkil qilindi, deb xabar qildi "Uz24uz" nashri.

Bu haqda fuqarolarni o‘zini —o‘zi boshqarish organlarining faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi raisi birinchi o‘rinbosari Shavkat Javlonov 30-avgust kuni bo‘lib o‘tgan Xalqaro press-klub yig‘ilishida ma’lum qilgan.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Yoshlar - ulkan kuch: Mirziyoyev yoshlarga Hukumat eshiklarini ochdi
Ushbu klubga kadrlar agentligi, banklar, tashqi migratsiya masalalari bo‘yicha agentlik vakillari hamda uyushmagan yoshlar — 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan, ma’lumotsiz va ishsiz yoshlar taklif etilgan.

Klubga a’zo bo‘lish uchun hech qanday hujjat talab etilmaydi. "Pasport, propiska kerak emas", — deb aytgan Toshkent shahar mahalla kengashi raisi o‘rinbosari Davronbek Mirtojiyev. Ta’kidlanishicha faqat turmushga chiqqan ayollar uchungina cheklov mavjud. Mirtojiyevga ko‘ra, bu ayollarni erlari ta’minlashi kerak.

Uyushmagan yoshlarga amaliy yordam ko‘rsatish uchun davlat tomonidan klub a’zolariga 277 mlrd so‘m kredit ajratilgan. Klubning har bir a’zosi mahalla raisi imzosi orqali xususiy ishlab chiqarishini yo‘lga qo‘yish uchun 15 mln so‘m miqdorida kredit olish huquqiga ega.

Poyezd - Sputnik O‘zbekiston
Yoshlar ittifoqi "Targ‘ibot poyezdi" yordamida uyushmagan yoshlar bilan ishlamoqchi
"Biz qamalib chiqqanlarni ham qabul qilamiz, har qanday insonga yordam bersa bo‘ladi. Agar fuqaroni qaysidir sabablar bilan klub a’zoligiga qabul qilishmasa, men deputatlik vakolatlariga ega kishi sifatida fuqaroni Uyushmagan yoshlar klubiga a’zo qilishni so‘rab deputatlik so‘rovini yuboraman", — deb ta’kidlagan Mirtojiyev.

Klub ikki oydan beri faoliyat yuritayotgani va yoshlarning ishga joylashishida amaliy yordam ko‘rsatib kelayotgani aytilgan. Ta’kidlanishicha. klubda yoshlar maxsus kurslarni bepul tugatishmoqda.

Ayni vaqtda klub faoliyati har payshanba kuni 17:00da boshlanmoqda.

"Umid qilamanki, ular klub a’zoligidan chiqishganlarida, hayotda o‘z o‘rniga ega bo‘lishadi. Fikrimcha bunday amaliyotni ommalashtirish darkor. Klublarni respublikaning barcha regionlarida tashkil qilish kerak bo‘ladi", — deb qo‘shimcha qilgan Javlonov.

Yangiliklar lentasi
0