O‘zbekiston o‘zining Suveren reytingiga ega bo‘ladi - Qo‘chqorov

© 24dailyReytingovoe agentstvo Mudis (Moody's)
Reytingovoe agentstvo Mudis (Moody's) - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Suveren reyting – O‘zbekiston kompaniyalariga mustaqil ravishda mablag‘ jalb qilib uni mustaqil sarflash imkonini beradigan yaxshi mexanizm.

TOShKENT, 27 sen — Sputnik. O‘zbekiston o‘zining Suveren reytingini olish uchun harakatlarni boshladi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov Suveren reyting nima uchun kerakligini va ushbu jarayon hozir qaysi bosqichda ekanligini aytib berdi.

“Suveren reyting olish masalasi yuzasidan, menimcha, yaqin orada prezident qarori chiqadi. Rostini aytganda, biz hozir ushbu ishning eng birinchi bosqichida turibmiz. Hukumat uchun reyting sarmoyalar jalb qilish uchun emas, mutaxasislar aytgandan “benchmark”ni belgilab olish uchun kerak. Shundan so‘ng yirik O‘zbekiston banklari va kompaniyalari ana shu “benchmark” yordamida moliya bozorda mablag‘ jalb qilishlari mumkin”, — dedi Qo‘chqorov.

Suveren reyting – bu O‘zbekiston kompaniyalariga mustaqil ravishda mablag‘ jalb qilib uni mustaqil sarflash imkonini beradigan yaxshi mexanizm, deydi Qo‘chqorov.

Reyting: O‘zbekiston – terrorchilik xavfi eng kam bo‘lgan mamlakatlardan biri

“Biror bankdan biror loyiha uchun kredit olish uchun juda ko‘p tayyorgarlik ko‘rish kerak. Ba’zan, “bog‘langan” kreditlar olishga to‘g‘ri keladi. Masalan, kredit bergan mamlakatda ishlab chiqarilgan asbob-uskuna sotib olish kerak bo‘ladi. Suveren reyting esa — chet eldan jalb qilinadigan mablag‘lar manbaalri sonini oshirish imkonini beradi”, — dedi bosh vazir o‘rinbosari.

Ushbu masalada Citibank yoki yana boshqa biror bank O‘zbekiston maslahatchisi vazifasini o‘tashi mumkin. Yaqin kelajakda ushbu masala bo‘yicha aniq ma’lumot paydo bo‘lishi kerak, dedi Qo‘chqorov.

Eslatib o‘tamiz, Suveren reyting – ma’lum bir hukumat kelajakda inqirozga uchrashi yoki uchramaslik ehtimolini belgilovchi ko‘rsatgich bo‘lib, u kredit berishda muhim ahamiyatga ega. Reyting tuzishda hukumatlar tomonidan tashqi qarzni yopish va iqtisodiy barqarorlik darjasiga katta e’tibor beriladi.

Bugungi kunda dunyoning eng nufuzli reyting agentliklari Moody’s, Standard & Poor's va Fitch Ratings hisoblanadi.

Yangiliklar lentasi
0