Reyting: O‘zbekiston – terrorchilik xavfi eng kam bo‘lgan mamlakatlardan biri

Obuna bo‘lish
Iqtisod va tinchlik instituti ekspertlari “Terrorchilikning global reytingi-2015”da O‘zbekistonni terrorchilik xavfi eng kam bo‘lgan mamlakatlar qatoriga qo‘shdi.

TOShKENT, 17 noya — Sputnik. Iqtisod va tinchlik instituti analitiklari O‘zbekistonni dunyo mamlakatlari “Global terrorchilik reytingi — 2015” ro‘yxatining eng pastki 124 qatorida joylashtirdi.

Izlanuvchilar ma’lumotiga ko‘ra, respublikada terrorchilik xavfi eng kam darajada. Dunyoda terrorchilik xavfi eng kam mamlakatlar ro‘yxatining oxirgi qatorini O‘zbekiston, Turkmaniston, Kuba, Shimoliy Koreya va Yaponiya bilan birgalikda egallagan. Ushbu ro‘yxatda Tojikiston – 84, Qozog‘iston – 83, Qirg‘iziston – 86, Belorussiya va BAA – 77 o‘rinda.

Terrorchilik xavfi eng ko‘p bo‘lgan mamlakatlar bu – Iroq, Afg‘oniston va Nigeriya. Ushbu mamalakatlar xalqaro terrorchilik xavfi kuchli bo‘lgan hududlar ro‘yxatining birinchi uch o‘rninni egallagan.

Rossiya ushbu ro‘yxatning 23 qatorini egallagan. Buyuk Britaniya, AQSh, Fransiya bo‘lsa 29, 35 va 36 o‘rinlarni egallagan.  

O‘tgan yili 2013yilga qaraganda terrorchilikdan qurbon bo‘lganlar soni 80% ga oshdi.  Qurbonlarning 78% Afg‘oniston, Iroq, Nigeriya, Pokiston va Suriya hududlariga to‘g‘ri keladi.

Yangiliklar lentasi
0