Fazliddin G‘oibnazarov rossiyalik bokschiga qarshi ringga chiqadi

© REUTERS / /Peter Cziborrauzbekskiy bokser Fazliddin Gaipnazarov na olimpiade v Rio
uzbekskiy bokser Fazliddin Gaipnazarov na olimpiade v Rio - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
G‘oibnazarov faoliyatidagi hisob bo‘yicha to‘rtinchi jang 9-dekabr kuni AQShning Nyu-York shahridagi Madison Square Garden arenasida bo‘lib o‘tadi

TOShKENT, 27 sen — Sputnik. Rio Olimpiadasi chempioni, o‘zbekistonlik professional bokschi Fazliddin G‘oibnazarov 9-dekabr kuni rossiyalik Andrey Klimovga qarshi ringga chiqadi. Bu haqda olamsport.com xabar bermoqda.

Fazliddin G‘oipnazarov - Olimpiada chempioni - Sputnik O‘zbekiston
G‘oibnazarov ertaga professional boksdagi uchinchi jangini o‘tkazadi

35 yoshli Klimov profi ringda 23 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, ularning 19 tasida g‘alaba qozongan. To‘rtta jangda mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan. To‘qqizta jangda raqiblarini nokautga uchratgan.

G‘oibnazarov faoliyatidagi hisob bo‘yicha to‘rtinchi jang 9-dekabr kuni AQShning Nyu-York shahridagi Madison Square Garden arenasida bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, Fazliddin 22-sentabr kuni AQShning Arizona shtati Tuson shahrida meksikalik Viktor Rosasni 80:72, 80:72, 80:72 hisobida mag‘lub etgandi.

Yangiliklar lentasi
0