TOShKENT, 22 sen — Sputnik. Rio Olimpiadasi chempioni Fazliddin G‘oibnazarov ertaga professional boksdagi navbatdagi jangini o‘tkazadi. Bu haqda olamsport.com xabar qilmoqda.
Xabarda aytilishicha, G‘oibnazarov meksikalik bokschi Viktor Rozasga qarshi ringga chiqadi. Jang Toshkent vaqti bilan 23-sentabr kuni tongda, soat 5da boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, Olimpiada chempioni Fazliddin G‘oibnazarov bungacha professional boksda ikkita jang o‘tkazgan va ikkisida ham g‘alaba qozongan.
Uning raqibi Viktor Rozas esa 15 ta jang o‘tkazib, 9 ta g‘alaba, 6 ta mag‘lubiyat qayd etgan.
Ma’lumot uchun, jang ESPN telekanali tomonidan translyatsiya qilinadi.