O‘zbekistonliklar o‘tgan yili eng ko‘p pulni nimaga sarflashgan

© SputnikUzbekskaya valyuta - sum
Uzbekskaya valyuta - sum - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xizmatlar sohasi xarajatlarning 20,4 foizini tashkil etgan

TOShKENT, 27 sen — Sputnik. O‘tgan yili o‘zbekistonliklar pullarining 47 foizdan ko‘prog‘ini oziq-ovqat mahsulotlariga sarflashgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasining O‘zbekiston Respublikasida aholi turmush darajasi va farovonligining rivojlanish tahlilida keltirildi.

O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari narxini bir meyorda ushlab turadigan jamg‘arma tuzildi

Statistikaga ko‘ra, 2016-yilda O‘zbekistonda aholi xarajatlarining 47,3 foizini oziq-ovqat mahsulotlari tashkil qilgan. Bunda oziq-ovqat mahsulotlari sotib olishga 44,3, uydan tashqarida ovqatlanishga 2,5 va alkogol ichimliklarga 0,5 foiz xarajat qilingan.

Qayd etilishicha, 2000-yilda bu ko‘rsatkich 61,4 foizga teng bo‘lgan.

Aholi nooziq-ovqat mahsulotlariga jami 32,3 foiz, xususan, kiyim-kechak va poyabzalga 10,3 foiz, maishiy texnika va elektronikaga 1 foiz va boshqa nooziq-ovqat mahsulotlariga 22 foiz xarajat qilgan.

Xizmatlar sohasi xarajatlarning 20,4 foizini tashkil etgan bo‘lib, bunda kommunal xizmatlar 7,7, aloqa va transport xizmatlari 6,1, ta’lim olish 1,9, sog‘liqni saqlash xizmatlari 1,4 va boshqa xizmatlar 3,3 foizga teng bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0