Farg‘onaning Qirg‘iziston bilan chegarasidagi post ham fuqarolar uchun ochildi

© Sputnik / Tabildi KadirbekovKontrolno propusknoy punkt na granitse s Kirgizstanom
Kontrolno propusknoy punkt na granitse s Kirgizstanom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Rishton" chegara bojxona posti hozircha fuqarolar piyoda harakatlanishlari uchun ochiq

TOShKENT, 27 sen — Sputnik. 25 sentabrdan boshlab Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi tasarrufidagi "Rishton" chegara bojxona posti Farg‘ona viloyati Rishton tumani hamda Qirg‘iziston Respublikasi Qadamjoy tumani fuqarolari piyoda harakatlanishlari uchun ochildi. Bu haqda "Telegraf.uz" xabar bermoqda.

Otkritie KPP Dostuk na granitse Kirgizstan-Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek-qirg‘iz chegarasidagi "Do‘stlik" punkti ochildi: telegrammalarga hojat qolmadi

Xabarda aytilishicha, "Rishton" chegara bojxona posti hozircha fuqarolar piyoda harakatlanishlari uchun ochiq. Post ish tartibi soat 7dan 19ga qadar belgilandi.

Shu yilning 6-sentabr kuni Andijon viloyatining Qirg‘iziston bilan chegaradosh "Do‘stlik" chegara bojxona kompleksi o‘z faoliyatini boshlagan bo‘lsa, 20-sentabr kuni Namangan viloyatining ushbu respublika bilan chegaradosh "Kosonsoy" chegara bojxona posti faoliyati qayta tiklandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning sentabr oyi boshida Qirg‘iziston Respublikasiga davlat tashrifi doirasida prezident Almazbek Atamboyev bilan uchrashuvida ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va mamlakatlar chegaraoldi hududlari aloqalarini faollashtirish kabi masalalarda kelishuvlarga erishilgandi.

Yangiliklar lentasi
0