Qoraqalpog‘istonda Markaziy Osiyoda yagona bo‘ladigan brezent korxonasi qurilmoqda

© MIKE CLARKE / AFPZavod po obrabotke xlopka
Zavod po obrabotke xlopka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu yerda paxta chiqindisidan brezent mahsuloti ishlab chiqariladi

TOShKENT, 27 sen — Sputnik. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sho‘monoy tumanida maydoni 5,88 gektar bo‘lgan brezent ishlab chiqarish korxonasi binosi qurilishi boshlandi. Bu haqda tuman hokimligi rasmiy sayti xabar bermoqda.

Podpis dokumentov - Sputnik O‘zbekiston
Prezident Qoraqalpog‘iston va Xorazm tadbirkorlariga yangi imtiyozlar taqdim etdi

17 milliard 200 million so‘m mablag‘ evaziga qurilayotgan korxona texnologiyalari Belgiya, Hindiston davlatlaridan keltiriladi. Bu yerda paxta chiqindisidan brezent mahsuloti ishlab chiqariladi.

Korxona ishga tushsa 300 dan ortiq odam ish o‘rni bilan ta’minlanadi.

Xabarda aytilishicha, bunday brezent to‘qish korxonasi Rossiya, Xitoy davlatlarida bo‘lib, u Markaziy Osiyo davlatlari ichida birdan-bir korxona bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0