Terma jamoa murabbiyligiga faqat xorijlik murabbiylar nomzodi ko‘rib chiqilmoqda - O‘FF

© twimg.comSbornaya Uzbekistana po futbolu
Sbornaya Uzbekistana po futbolu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Federatsiyaning yangi rahbariyati oldida zudlik bilan hal qilinadigan 5 ta ustuvor masala bor

TOShKENT, 19 sen — Sputnik. O‘zbekiston futbol federatsiyasi terma jamoaga xorijlik murabbiylar nomzodini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda federatsiya matbuot xizmatiga tayanib uzbekistan24.uz xabar qildi.

Match Uzbekistan - Yujnaya Koreya - Sputnik O‘zbekiston
O‘FF 10 kun ichida xalqqa bayonot beradi

"Federatsiyaning yangi rahbariyati oldida zudlik bilan hal qilinadigan 5 ta ustuvor masala bor.

Birinchisi, O‘zbekiston milliy terma jamoasining yangi bosh murabbiyini tayinlashdir. Ayni paytda yangi rahbariyat milliy terma jamoaga bosh murabbiy tayinlashda faqat xorijlik murabbiylar nomzodini ko‘rib chiqayotganligini ma’lum qilamiz", deyilgan federatsiya xabarida.

Eslatib o‘tamiz, 12-sentabr kuni O‘zbekiston futbol federatsiyasi prezidenti etib Umid Ahmadjonov saylangan edi.

Unga qadar esa JCh-2018 final bosqichiga chiqa olmagan O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan murabbiylikdan bo‘shatilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0