Saudiya shahzodasi sharmandali video uchun qirol buyrug‘i bilan hibsga olindi

© AHMAD GHARABLI / AFPPolitseyskie v Saudovskoy Aravii
Politseyskie v Saudovskoy Aravii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ilgariroq uning odamlarga, xususan ayollarga hujum qilgani tasvirlangan videolavha va fotosuratlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgandi.

TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. Ar-Riyod politsiyasi Saudiya Arabistoni qirollik sulolasi shahzodasini qirol Salmon buyrug‘iga binoan hibsga oldi, deb xabar berdi Al-Ekhbariya telekanali.

Ilgariroq uning odamlarga, xususan ayollarga hujum qilgani tasvirlangan videolavha va fotosuratlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgandi.

"Qirol Salmon bin Abdulaziz Al Saud shahzoda Saud bin Abdul-Aziz bin Musaidni zudlik bilan hibsga olish haqida farmon berdi va uni hamda sharmandali videolavhalarda u bilan birga tasvirlangan barchani qamashni buyurdi", — deb ma’lum qildi telekanal.

Ar-Riyod politsiyasi shahzodani videolavha paydo bo‘lganidan bir oz o‘tib qo‘lga oldi, uning qo‘lga olinish lavhasini Eremnews portali joylashtirdi, deb yozadi RIA Novosti.

Yangiliklar lentasi
0