Rossiya AQShning 755 nafar diplomatini uyiga jo‘natmoqda

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishZdanie posolstva SShA v Moskve
Zdanie posolstva SShA v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Putin: Bizga ham javob berish vaqti yetib keldi... Bundan buyon hech narsa javobsiz qolmasligini ular ham bilib qo‘yishsin.

TOShKENT, 31-iyul — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bundan buyon AQSh va Rossiyaning diplomatlari soni teng bo‘lishini xabar qildi.

Ayni AQShning Rossiyadagi vakolatxonalarida  1210 nafar diplomatlar faoliyat yuritmoqda, lekin ushbu yilning 1-sentabriga qadar ulardan 755 nafari uyiga qaytishi kerak. Rossiya prezidentining so‘zlariga qaraganda AQShning Rossiyadagi diplomatlar soni Rossiyaning AQShdagi diplomatlar soniga, ya’ni 455taga teng bo‘lishi kerak.

Obama eshiklarni qarsillatib yopdi: AQSh Rossiya diplomatlarini chiqarib yubormoqda

Undan tashqari amerikalik diplomatlar 1-avgustdan boshlab Moskvaning nufuzli hududi "Serebranniy bor"da joylashgan dachalaridan  va yana bir necha diplomatik mulklardan foydalanish huquqidan mahrum bo‘lishadi. Bu Rossiyaning AQSh sanksiyalarni kuchaytirishiga qarshi qilgan javob qadami bo‘ladi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin qarshi choralarini shaxsan o‘zi maqullagan.

"Vesti" telekanali boshlovchisi Vladimir Solovyev bilan bo‘lgan intervyuda Vladimir Putin yuqoridagi masalaga oydinlik kirtidi. Boshlovchining "Nimaga qarshi choralar aynan hozir qabul qilindi? AQShning keyinga sanksiyalariga qarshi javob berishga yana qanday imkoniyatlar qolmoqda?" degan savollariga Putin quyidagich javob berdi.

— Qarshi choralarimiz hali ko‘p. Nimaga aynan hozir, chunki AQSh, hech narsaga asoslanmagan, sababsiz, Rossiya- Amerika munosabatlarini yomonlashtirishga qaratilgan qadam qo‘ydi.  Ikkinchidan ushbu qadam, (AQSh kongressi rejasi bo‘yicha) Rossiya bilan aloqalarini saqlab qolishga va yaxshilashga intilayotgan boshqa mamlakatlar uchun ham "namuna" bo‘lishi kerak.

Biz yaxshi umidlar bilan, balkim biror narsa o‘zgarib qolar deb, ko‘p kutdik, lekin unday bo‘lmadi. Vaziyat yaqin orada yaxshi tomonga o‘zgarmaydiganga uxshaydi. Men AQSh ichidagi siyosiy vaziyatni nazarda tutmayapman. Shunchaki, bizga ham javob berish vaqti yetib keldi, degan qarorga keldim. Bundan buyon hech narsa javobsiz qolmasligini ular ham bilib qo‘yishsin.

Boshqa chorlar borasida. Bu ko‘pmi kammi, lekin diplomatik muassasa uchun bu sezilarli bo‘ladi. Chunki shu bugunga qadar Rossiya hududi mingdan ortiq diplomatik vakillar va texnik xizmatchilar ishlab kelgan va ishlamoqda. Ulardan 755 nafari Rossiya hududida o‘z faoliyatini to‘xtatishi kerak bo‘ladi. Bu sezilarli bo‘ladi. Yana qanday choralar ko‘rishimiz mumkin deganda… Bizning AQSh bilan savdo-iqtisodiy munosabatlarimiz hajmi kam. Xitoy yoki Yevropa Ittifoqi bilan tenglashtirib bo‘lmaydi. AQSh bilan ham ulkan imkoniyatlar bor, lekin turli sabablarga ko‘ra munosabatlar hajmi kam.

Lekin bizning munosabatlarimizning o‘ta muhim qirralari ham bor, masalan ommaviy qirg‘in qurollarining noqonuniy aylanishining oldini olish,  terrorchilikka qarshi kurash masalalarida biz AQSh bilan birga hamkorlikda kurashamiz. Suriyada janubiy "tinchlik o‘rnatish hududi" tashkil qilinishi ham Rossiya va AQSh hamkorligi natijasidir.

Yangiliklar lentasi
0