TOShKENT, 26 sen — Sputnik. GM Uzbekistan kompaniyasining rasmiy veb-saytida "Avtomobil 45 daqiqa ichida" deb nomlangan yangi bo‘lim ochildi.
Ushbu bo‘limda "Avtomobil 45 daqiqa ichida" dasturi doirasida savdoga qo‘yilgan avtomobillar ro‘yxati bilan tanishish hamda avtomobil uchun to‘lov qilgan zahoti uning egasiga aylanish mumkin.
Ro‘yxatda respublikadagi dilerlik markazlaridan sotib olish mumkin bo‘lgan Matiz, Spark, Nexia 3, Cobalt, Lacetti avtomobillari keltirilgan.
Mijozlar shartnoma tuzish uchun dilerlik korxonalariga murojaat qilishlari mumkin.
Eslatib o‘tamiz, ilgariroq GM Uzbekistan avtomobillarni sotishda elektron navbatni joriy etishini ma’lum qilgandi.