TOShKENT, 15 avg — Sputnik. GM Uzbekistan har bir dilerlik markazida sotuvga chiqarilgan avtomobillar turi va sonini e’lon qildi, deb xabar qilmoqda kompaniya matbuot xizmati.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, ma’lumotlar har kuni yangilanib boradi. Ushbu havola orqali avtomobillar ro‘yxati bilan batafsil tanishishingiz mumkin.
“Hozirgi kunda «Matiz», «Spark», «Neksiya», «Kobalt» i «Lasetti» rusumidagi avtomobillarga shartnoma rasmiylashtirishingiz mumkin”, — deyilgan xabarda.
«Labo», «Damas», «Orlando», «Malibu» va «Kaptiva» avtomobillariga esa shartnoma olish uchun oldindan ariza rasmiylashtirish kerak bo‘ladi. Buyurtmaning bajarilish holatinini esa onlayn tarzda quyida kuzatib borish mumkin bo‘ladi.
Shuningdek, kompaniya xaridorlarga yana bir bor ariza yozish va shartnoma imzolash tartibi, shuningdek to‘lovlarni amalga oshirish va avtomobilni yetkizib berish tartibini eslatib o‘tgan.