Qozog‘istonda yanada ko‘proq Ravon avtomobillari yig‘iladi

© Sputnik / Yevgeniya Novojenina / Mediabankka o‘tishPrezentatsiya novogo avtomobilnogo brenda RAVON
Prezentatsiya novogo avtomobilnogo brenda RAVON - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘istonda Ravon avtomobillarini yig‘ish bo‘yicha yana bir zavod ishga tushirish rejalashtirilmoqda

TOShKENT, 22 avg — Sputnik. Qozog‘istonning Ust-Kamenogorsk shahridagi "Aziya avto" AJ zavodida Ravon R2 va Ravon R4 avtomobillarini yig‘ish boshlash bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. Bu haqda Podrobno.UZ Qozog‘istonning Nur.kz. nashriga tayanib xabar qildi.

Kak delayut avtomobili GM Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
GM Uzbekistan zavodida avtomashinalar ishlab chiqarilishi vaqtinchalik to‘xtatildi

Bundan tashqari, GM Uzbekistan kompaniyasi tomonidan Asaka zavodida yaqin vaqtlarda yangi modellar o‘zlashtirilishi hisobiga yangi turdagi avtomobillarni ishlab chiqarish ko‘zda tutilmoqda.

Hozirda aniq modellar ro‘yxati aniqlashtirilmoqda.

Sal oldin GM Uzbekistan Qozog‘iston milliy avtotransport ishlab chiqaruvchi — AllurGroup kompaniyasi bilan birgalikda Kostanay viloyatida Ravon Nexia R3 rusumli avtomobillarni yig‘ishni boshlaganligi haqida xabar bergan edik.

Bugungi kunda Qozog‘istonda Ravon Nexia R3 avtomobiliga xaridorlarning qiziqishi ortmoqda. Jumladan, 2017-yil 4 oylik hisob-kitoblarga ko‘ra, Ravon Nexia R3 avtomobili qozog‘istonlik xaridorlar uchun eng ommabop bo‘lgan avtomashinalar ro‘yxatida yuqori o‘rinni olgan.

Yangiliklar lentasi
0