TOShKENT, 26 sen — Sputnik. O‘zbekistonda talabalarni qabul qilishda o‘tkazilgan test sinovlari natijalaridan norozi bo‘lgan 4001 nafar abituriyentdan arizalar qabul qilindi, deb xabar bermoqda Davlat test markazi axborot xizmati.
Arizalar 18-avgust-18 sentabr kunlari fan ekspert guruhlari a’zolari tomonidan bevosita apellyatsiya shikoyatini bergan abituriyentlar ishtirokida ko‘rib chiqildi.
Ariza bergan jami abituriyentlarning 657 nafari apellyatsiya jarayoniga kelmadi, 248 nafarining hujjatlarida kamchiliklar mavjudligi sababli apellyatsiya arizalari ko‘rib chiqilmadi.
Bir nafar abituriyent apellyatsiya o‘tkazish tartibini buzganligi sababli jarayondan chetlashtirildi.
Ko‘rib chiqilgan arizalar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi va Davlat komissiyasiga taqdim etildi.