TOShKENT, 26 sen — Sputnik. O‘zbekiston Futbol federatsiyasining yangi prezidenti Umid Ahmadjonov jurnalistlar bilan uchrashadi, deb xabar qildi Federatsiya matbuot-xizmati.
"Ertaga, 27-sentabr kuni soat 10:30 da O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasining anjumanlar zalida O‘zbekiston futbol federatsiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov bilan matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.
Matbuot anjumanida, shuningdek, O‘zbekiston futbol federatsiyasi Ijroiya qo‘mitasi a’zosi Rustam Qurbonov va O‘zbekiston futbol federatsiyasi vitse-prezidenti Shoakrom Isroilov ham ishtirok etadi.
Matbuot anjumaniga kirish ro‘yxat asosida bo‘lib, ro‘yxatga qo‘yish uchun media@the-uff.com elektron pochta manzili yoki +99871 230-90-42 telefon raqami orqali murojaat qilish mumkin", deyiladi O‘FF matbuot xizmati xabarida.