To‘qqiz nafar o‘zbekistonlik o‘limida aybdor avtobus haydovchisi 5-yilga qamaldi

Obuna bo‘lish
Aybdor avariya uchun kechirim so‘ragan. Qozoq OAVlari xabariga ko‘ra, mudhish hodisada tirik qolgan fuqarolar sudda ishtirok eta olishmagan. Halok bo‘lgan fuqarolarning qarindoshlari haydovchidan moddiy da’vo talab qilmagan

TOShKENT, 26 sen — Sputnik. Qozog‘istonning Aytekebiy tuman sudi to‘o‘qiz nafar O‘zbekiston fuqarosi o‘limida aybdor haydovchi Leonid Yeremeyev ustidan hukm o‘qidi, deb xabar qildi qozoq OAVlari.

Samolet Tu-154 - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘istonda halok bo‘lgan fuqarolar jasadi maxsus aviabortda vatanga qaytariladi
To‘qqiz nafar O‘zbekistonlik halok bo‘lgan mudhish avariya joriy yilning 22-iyunida Aqto‘be viloyatining Aytekebiy tumani Karabutak posolkasidan 20 km masofada, Samara — Chimkent trassasining 946 kilometrida sodir bo‘lgan.

Mercedes rusumli avtobus ichida 2 nafar haydovchi va 49 yo‘lovchi bo‘lgan.

Yeremeyev sudda ushbu avariya tafsilotlari haqida so‘zlab bergan va rul qarshisida uxlab qolganini tan olgan. Natijada mashina boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning harakat qismidan chiqib ketgan.

Haydovchi 5-yillik jazo muddatini koloniyada o‘taydigan bo‘ldi, shuningdek u 7 yilga avtotransport boshqarishdan mahrum qilindi.

Haydovchi 9 kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan avariya uchun kechirim so‘ragan. Hamrohining so‘zlariga ko‘ra, ular har 4 soatda rul almashib turishgan. OAVlarda keltirilayotgan xabarlarga ko‘ra, YTHda tirik qolgan fuqarolar sudda ishtirok eta olishmagan. Halok bo‘lgan fuqarolarning qarindoshlari haydovchidan moddiy da’vo talab qilishmagan.

Yangiliklar lentasi
0