Qozog‘istonda halok bo‘lgan fuqarolar jasadi maxsus aviabortda vatanga qaytariladi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishSamolet Tu-154
Samolet Tu-154 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Respublikasining Qozog‘istondagi Elchixonasi konsullik bo‘limi xodimlari Qozog‘istondagi avariyada jabrlanganlarga konsullik va huquqiy yordam ko‘rsatadilar

TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. 2017-yilning 23-iyun kuni O‘zbekistonning Qozog‘istondagi Elchixonasi konsullik bo‘limi xodimlari Aktobe viloyati Aytekebi tumani Karabutak posolkasi yaqinida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi munosabati bilan O‘zbekiston fuqarolariga konsullik va huquqiy yordam ko‘rsatish va mavjud masalalarni tezda hal qilish uchun Aktobe shahriga yetib bordi, deb xabar qildi O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.

Avariya s avtobusov v Kazaxstane - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘istonda YTHda halok bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari ro‘yxati
"Mamlakatimiz rahbariyatining topshirig‘iga binoan Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan birgalikda jabrlanganlarni va halok bo‘lgan fuqarolarimiz jasadlarini vatanga qaytarish uchun FVVning maxsus aviabortini Aktobe shahriga yuborish bilan bog‘liq tashkiliy masalalarni Qozog‘istonning aviatsiya idoralari bilan tezda hal qilish choralarini ko‘rmoqda", deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yilning 22-iyunida Aktube viloyatining Aytekebiy tumani Karabutak posolkasidan 20 km masofada, Samara — Chimkent trassasining 946 kilometrida, soat 10:20 da YTH sodir bo‘ldi. Ichida 50 nafar O‘zbekiston fuqarosi va 2 nafar Qozog‘iston fuqarosi bo‘lgan ikki qavatli Mercedes avtobusining dumalab ketgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra 9 kishi qurbon bo‘lgan. 18 kishi turli og‘irlikdagi jarohatlar olgan, ulardan 17 nafari O‘zbekiston va 1 kishi — Qozog‘iston fuqarosi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0