TOShKENT, 26 sen — Sputnik. Shu yilning oktabrida Toshkent shahrida "Italiya kinosi kunlari" festivali bo‘lib o‘tadi. Bu haqda "O‘zbekkino" Milliy agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, kecha "O‘zbekkino" Milliy agentligida Italiya elchisi Andrea Bertossi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda shu yilning oktabr oyida Toshkent shahrida "Italiya kinosi kunlari" festivalini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Poytaxtdagi Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan mazkur kinofestival uchun nomzod kartinalar hozirda "O‘zbekkino" mutaxassislari tomonidan o‘rganilmoqda.
Festival sanasiga sal keyinroq aniqlik kiritiladi.