Samarqandda so‘nggi avlod motosikllarini ishlab chiqarish boshlandi

© Samarkandskiy vestnikProizvodstvo motosiklov poslednego pokoleniya v Kattakurgane
Proizvodstvo motosiklov poslednego pokoleniya v Kattakurgane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ular 100 kilometr masofaga atigi bir litrdan uch litrgacha yonilg‘i sarflaydi

TOShKENT, 26 sen — Sputnik. O‘zbekistonda so‘nggi avloddagi yuk tashuvchi motoroller, motosikl va mopedlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi, deb xabar bermoqda "Samarkandskiy vestnik".

Poliklinikada shifokor elektron navbatga yozilayotgan ayolga yordam bermoqda - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda elektron poliklinika ishga tushdi

Mahsulotlar Kattaqo‘rg‘ondagi Hong Xiang Group o‘zbek-xitoy qo‘shma korxonasida ishlab chiqarilmoqda.

Zamonaviy uskunalar yiliga besh mingdan ortiq ikki va uch g‘ildirakli motosikl ishlab chiqarish imkonini beradi.

"Biz Kattaqo‘rg‘on transport kasb-hunar kollejining bo‘sh yotgan binosining bir qismini ijaraga oldik va qisqa muddatda uni to‘rt turdagi motosikllar ishlab chiqarish uchun moslashtirdik. Kollej o‘quvchilari ham chetda qolishmadi, ular korxonada ishlab chiqarish amaliyotini o‘tashadi. O‘zini ko‘rsatgan o‘quvchilarni esa yig‘uv sexiga ishga olamiz", — dedi Hong Xiang Group qo‘shma korxonasi rahbari Baxtiyor Umurzaqov.

Ushbu motoroller va motosikllarning boshqa transport vositalaridan ustun jihati shundaki, ular rusumidan qat’i nazar, 100 kilometr masofaga atigi bir litrdan uch litrgacha yonilg‘i sarflaydi.

Hozirda korxona mahsulotini Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Afg‘onistonga yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tuzilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0