TOShKENT, 26 sen — Sputnik. 28-sentabrdan O‘zbekiston bo‘ylab havo harorati pasayadi, yomg‘ir yog‘adi, deb xabar qildi Gidrometeorologiya markazi.
Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida 28-29 sentabr kunlari havo harorati kunduzi +15…+20, kechasi — +8…+13 darajagacha tushadi. 30-sentabr kuni harorat kunduzi +18…+23, kechasi — +6…+11 darajaga yetadi.
Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida 28-30 sentabr kunlari harorat kunduzi +13…+18, kechasi — +3…+8 darajani tashkil etadi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida 28-29 sentabr kunlari yomg‘ir yog‘adi. Harorat kechasi 27-28 sentabr kunlari — +10…+15, kunduzi — +23…+28, 29-30 sentabrda kechasi — +6…+11, kunduzi — +20…+25 darajagacha ko‘tariladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 29-30 sentabr kunlari yomg‘ir yog‘adi. 27-28 sentabr kunlari kunduzi harorat +20…+25, 29-30 sentabrda — +15…+20 darajaga yetadi. 27-29 sentabr kunlari kechasi +10…+15, 30-sentabr kuni — +7…+12 darajani tashkil qiladi.
Tog‘li hududlarda 28-30 sentabr kunlari yomg‘ir yog‘adi, 27-28 sentabr kunlari kechasi +7…+12, 29-30 sentabrda — +2…+7 darajaga yetadi. 28-30 sentabrda kunduzi +10…+15 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda