O‘zbekistonda 7-sentabrdan ob-havo salqinlashadi

© Sergey Pyatakov / Mediabankka o‘tishJara
Jara - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
7-sentabrdan O‘zbekistondan issiq havo harorati chekina boshlaydi

TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Ertaga, 7-sentabrdan O‘zbekistonda havo harorati mo‘’tadillashadi. Respublikaga Ural hududlaridan salqin havo kirib keladi, deb xabar bermoqda Respublika Gidrometeorologiya markaziga tayangan holda "Darakchi" nashri.

Xabarga ko‘ra, 7-sentabr kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 16-18, kunduzi 30-32 daraja issiq bo‘ladi.

Zasuxa - Sputnik O‘zbekiston
BMT Markaziy Osiyoda qurg‘oqchilikni oldini olish bo‘yicha hisobot tayyorladi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 14-19, kunduzi 28-33 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 15-20, kunduzi 30-35 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 13-18, kunduzi 30-35 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 15-20, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 15-20, kunduzi 30-35 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 9-14, kunduzi 19-24 daraja issiq bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0