TOShKENT, 15 sen — Sputnik. O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi raisi Qahramon Quronboyev Qoraqalpog‘iston yoshlaridan tuzilgan "Fidoiy yoshlar otradlari" paxta terimida birinchilikda borayotganliklari haqida ma’lum qildi.
Ushbu otradlarga jami 51138 ta uyushmagan yoshlar qamrab olingan bo‘lib, bu ko‘rsatgich kun sayin ortib bormoqda, ya’ni otradga a’zo bo‘layotgan yoshlar ko‘paymoqda.
13-sentabr holatiga ko‘ra, respublika bo‘yicha jami terilgan paxtaning 4700 tonnadan ortig‘i otradlar hisobiga to‘g‘ri keladi.
"Terim bo‘yicha bugungi kunda Qoraqalpog‘iston Pespublikasi yoshlari yetakchilik qilmoqda.
Ikkinchi o‘rinda Surxondaryo viloyati va uchinchi o‘rinda Xorazm viloyati yoshlari borishmoqda.
Kuzatishda davom etamiz. Qani, ertaga qaysi viloyat shohsupaga chiqadi!!!" — deb yozgan Quronboyev o‘zining Feysbukdagi sahifasida.