TOShKENT, 25 sen — Sputnik. Toshkentda yaqin yillar ichida yangi liker-aroq zavodi quriladi. Zavodda mahsulotlar "lyuks" toifasidagi eng oliy navli spirtdan ishlab chiqariladi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Zavod qurilishi bilan Premium Uzbekistan qo‘shma korxonasi shug‘ullandi, korxonaning 51% aksiyalari Rossiyaning "Selena" kompaniyasiga, 49%esa - "O‘zbekiston temir yo‘llari" kompaniyasiga tegishlidir.
Yangi quvvat Toshkent mexanik zavodi bazasida quriladi. Zavod qurilishida eng so‘nggi texnologiyalardan foydalanish rejalashtirilmoqda.
Loyiha 2020-yilga kelib topshirilishi belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda birinchi yarim yillikda 29,8 million litr aroq mahsulotlari, 367 ming litr konyak va 12,6 million litr uzum musallasi ishlab chiqarilgan.